O‘zbekiston | 08:21 / 04.01.2024
4791
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda tibbiyot muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilishi mumkin
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishni takomillashtirish rejalashtirilmoqda.
“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga ko‘ra, tibbiyot tizimini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida tibbiyot sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 5 foizga yetkazish ko‘zda tutilyapti.
Sog‘liqni saqlash tizimida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etiladi.
Bundan tashqari, tibbiyot muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish ham mo‘ljallangan.
Sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilgan mablag‘lar ishlatilishi samaradorligi oshiriladi.
Tibbiyot xodimlarini qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, pulli tibbiy xizmat hajmini ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:40
Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi
12:10 / 20.10.2024
Dollar mustahkamlandi, Bitcoin va oltin narxi keskin qimmatlashdi - xalqaro moliya bozori sharhi
20:06 / 18.10.2024
O‘zbekiston moliya tizimi uchun qanday xatarlar bor?
13:37 / 06.09.2024