O‘zbekiston | 15:52 / 09.01.2024
1399
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va UNFPA 4 ta yo‘nalishda yangi loyihalarni amalga oshiradi

TIVda BMT Aholishunoslik jamg‘armasi vakolatxonasi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Foto: Dunyo AA

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszade bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston bilan jamg‘arma o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Sog‘liqni saqlash, gender tengligi, demografiya, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlikni faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid