Iqtisodiyot | 15:26 / 09.01.2024
5435
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda eng ko‘p oilaviy korxonalar qaysi hududda ishlayotgan ma’lum bo‘ldi
Qaysi hududda oilaviy korxonalar soni ko‘pligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etildi.
O‘zbekistonda 2023 yilning 1 dekabr holatiga jami faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni 46 185 tani tashkil etgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilyapti – 8 138 ta korxona.
Undan keyingi o‘rinlardan oilaviy korxonalar soni mos ravishda 5 170 ta hamda 5 023 ta bo‘lgan Farg‘ona va Xorazm viloyatlari joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Toshkent viloyati – 3 937 ta;
- Surxondaryo viloyati – 3 919 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 3 888 ta;
- Navoiy viloyati – 3 492 ta;
- Buxoro viloyati – 3 087 ta;
- Toshkent shahri – 3 007 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 2 189 ta;
- Jizzax viloyati – 1 564 ta;
- Andijon viloyati – 1 506 ta;
- Namangan viloyati – 983 ta;
- Sirdaryo viloyati – 282 ta.
Mavzuga oid
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
13:31 / 19.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma korxonalarni ko‘paytirishni muhokama qilyapti
13:16 / 16.11.2024
5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
08:08 / 07.11.2024