Ukraina bo‘ylab navbatdagi zarbalar oqibatlari. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 684-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya 8 yanvar tongida Ukraina bo‘ylab yoppasiga zarbalar yo‘lladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, otishma oqibatida Xmelnitskaya oblastida ikki kishi, Xarkiv va Kriviy Rih oblastlarida yana ikki kishi halok bo‘lgan. Ukraina bo‘ylab zarbalar oqibatida kamida 45 kishi jarohatlangan.
- Nijniy Tagilda temiryo‘lda portlash ro‘y berdi. Ural transport prokuraturasi xabariga ko‘ra, temiryo‘lda «qandaydir qasirlash» bo‘lgan. Telegram-kanallar metall yuklangan sisternalarda portlovchi qurilma topilganini yozishgan.
- Shvetsiya hukumati fuqarolarni urush boshlanishiga tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda «Folk och Forsvar» mudofaa konferensiyasida fuqarolik mudofaasi vaziri Karl-Oskar Bulin aytib o‘tgan. U boshqa tafsilotlarga to‘xtalmagan.
- «LXR» rahbari Leonid Pasechnik Rubejne shahrida rossiyaliklar samolyotidan aviabomba tushib ketganini ma’lum qildi. Ukraina hukumati turar joylar vayron bo‘lganini xabar qilgan.
- Ukrainalik hakerlar Alfa-bankning 24 milliondan ortiq mijozlarining personal ma’lumotlarini oshkor qildi.
- Frontda ukrainalik shoir Maksim Krivsov halok bo‘ldi.
- Filipp Kirkorov «Novogodnyaya Maska»dagi ishtiroki uchun oladigan gonorarini Belgorod o‘qqa tutilishi oqibatida jabrlanganlar uchun berishni va’da qildi.
Kunning asosiy voqeasi. Ukrain shaharlari o‘qqa tutilishi
Tunda va 8 yanvar tongida rossiyalik harbiylar Ukraina hududlari bo‘ylab yopirilma raketa zarbalari yo‘lladi. Butun mamlakat bo‘ylab havo trevogalari yangradi. Ukraina qurolli kuchlari raketalar zarbasi va rossiyaliklarning «Kinjal» raketasi uchirilishi xavfi haqida ogohlantirdi. Ukrain nashrlari Kriviy Rih, Zaporijjya, Dnipro, Xmelnitskaya va Xarkiv oblastlaridagi portlashlar haqida xabar bergan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xmelnitskaya oblastida zarbalar oqibatida tinch aholi vakillaridan ikki kishi, Xarkiv oblastida — bir kishi, Kriviy Rihda ham bir kishi halok bo‘lgan. Ukraina bo‘ylab zarbalar oqibatida kamida 45 kishi jarohatlanib, turar joylar shikastlangan.
«Bugun tong, afsuski, yana yopirilma raketa zarbalari bilan boshlandi. Xarkiv shahri va oblasti, Zaporijjya, Kriviy Rih, Xmelnitskaya oblastlari. 45 kishi jarohatlangan, hozirgi vaqtga kelib to‘rt qurbon haqida ma’lumot bor. Yaqinlariga hamdardligimni bildiraman. Terrorchi davlat tezda javobimizni his qiladi», — degan Volodimir Zelenskiy urushning 684-kuni yakunlari bo‘yicha qilgan murojaatida.
Ukraina QKning Kupyansk yaqinidagi pozitsiyalarida yangi yil kechasi
Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastining Kupyansk shahrini 2022 yil 27 fevralida okkupatsiya qilgandi. Ushbu shaharda yirik temiryo‘l tuguni joylashgan bo‘lib, u muhim ahamiyatga ega hisoblanadi: RF armiyasi shu joy orqali jangovar bo‘linmalari va harbiy texnikalarini Ukraina ichkarisiga olib o‘tgan. Ukraina QK Kupyanskni 2022 yil sentabridagi qarshi hujumda ozod etgandi, ammo rossiyaliklar Kupyansk, Liman va Baxmut yo‘nalishlarida yurishlarini davom ettirdi, shu tufayli shahar hamon zarbalar ostida qolmoqda. Quyida frontning ushbu uchastkasidagi ukrain harbiylari yangi yilni qanday sharoitlarda kutib olgani aks etgan suratlar.
Polsha va Ukraina chegarasidagi fura haydovchilari
2023 yil noyabrdan polshalik fermerlar va yuk mashinalar haydovchilari Ukrainadan mahsulotlar olib keladigan furalar uchun chegara yo‘lini to‘sib qo‘yishdi. Fermerlarga ko‘ra, Ukrainadan mahsulotlar importi narxlarni pasaytirmoqda va bu ularning daromadiga ta’sir ko‘rsatmoqda; yuk mashina haydovchilari ukrainalik hamkasblari tomonidan adolatsiz raqobat bo‘layotganidan shikoyat qilishgan. Bosh vazir Donald Tuskning yangi hukumati bilan o‘tkazilgan muvaffaqiyatli muzokaralardan so‘ng 6 yanvar kuni blokada bekor qilindi.
Mavzuga oid
22:59 / 26.11.2024
Ukraina – Janubiy Koreya: kutilmaganda paydo bo‘lgan ittifoq
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
17:41 / 26.11.2024
«Putin doim hujumga tayyor, Tramp – tabiatan developer». Merkelning memuaridan parchalar
13:20 / 26.11.2024