Jahon | 13:42 / 25.01.2024
7770
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda veyplar sotuvi taqiqlandi

Qozog‘iston parlamenti xorijdan elektron sigaretalar (veyp)larni olib kirish, respublikada ishlab chiqarish va sotishni to‘liq taqiqlovchi qonunni qabul qildi.

Foto: Freepik

Hujjatda qonunbuzarlar uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Unga ko‘ra:

  • veyplarni sotish uchun maksimal jazo - 50 sutkagacha qamoq;
  • olib kirish va tarqatish uchun - 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etish;
  • jinoiy guruh tomonidan yoki o‘ta yirik miqdorda yoxud takroran sodir etilgan o‘sha harakatlar uchun - 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Bundan tashqari, tibbiyot xodimlariga bemorning individual xususiyatlariga qarab eng yaxshi davolash usullarini tanlash imkoniyatini berish uchun tibbiy yordam ko‘rsatishda klinik protokollardan majburiy foydalanish istisno qilinadi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda har ikkinchi maktab o‘quvchisi veyp va bir martalik ishlatiladigan tamaki mahsulotlarini sotib oladi. 

Haftada kamida bir marta veyp va bir martalik tamaki mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha so‘rovda qatnashgan respondentlar orasida 21 yoshgacha bo‘lgan poytaxt yoshlari yetakchi bo‘ldi, ikkinchi o‘rinda - Olmaota, uchinchi o‘rinni Ust-Kamenogorsk egalladi.

Mavzuga oid