O‘zbekiston | 12:28 / 26.01.2024
1798
2 daqiqa o‘qiladi

Sanoat namunasiga patent berish qoidalari belgilandi

Adliya vaziri buyrug‘i bilan sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma rasmiylashtirish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari tasdiqlandi.

Qoidalar quyidagilarni belgilaydi:

  • sanoat namunasiga patent berish uchun talabnoma tuzish va topshirish tartibi;
  • talabnoma bilan murojaat qilishga haqli bo‘lgan shaxslar;
  • sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari;
  • talabnoma materiallari, atamalar va ramzlarning mazmuni;
  •  talabnomani ko‘rib chiqish tartibi (ro‘yxatga olish, rasmiy, ilmiy-texnik ekspertiza va boshqalar);
  • patent berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi.

 
«Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, sanoat namunasi deb e’lon qilingan obektga, agar u yangi va original bo‘lsa, huquqiy muhofaza taqdim qilinadi.

Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlarining majmui sanoat namunasining ustuvorligi sanasiga qadar jahonda hamma foydalana oladigan ma’lumotlardan ma’lum bo‘lmasa, yangi hisoblanadi.

Sanoat namunasining yangiligini belgilashda ancha avvalroq ustuvorlik bilan berilgan talab qilib olinmagan patent berishga talabnomalar ham hisobga olinadi.

Quyidagilar sanoat namunalari sifatida tan olinmaydi:

  • matbaa mahsulotlari;
  • arxitektura obektlari (kichik arxitektura shakllari bundan mustasno), sanoat, gidrotexnika va boshqa statsionar inshootlar;
  • suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki shunga o‘xshash moddalardan iborat barqaror bo‘lmagan shaklga ega obektlar;
  • buyumning mutlaq texnik funksiyasidan kelib chiqqan yechimlar;
  • jamiyat manfaatlari, insonparvarlik va axloqiy prinsiplarga zid yechimlar.

Mavzuga oid