Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qirg‘izistonga suv uchun 280 ming dollar to‘laydi
2023 yilda O‘zbekiston suv uchun Qirg‘izistonga 240 ming dollar to‘lagan. Bu yil 280 ming dollar to‘lashi ma’lum qilindi.
Qirg‘iziston Suv resurslari xizmati direktori Almazbek Sokeyev Qozog‘iston va O‘zbekistonga suv yetkazib berish evaziga mamlakat nima olayotgani haqida gapirib berdi.
«Qozog‘iston har yili mablag‘ ajratadi. Lekin buni bizga o‘tkazmaydi, balki ish bajaradi. Masalan, davlatlararo foydalaniladigan obektlarni ta’mirlaydi. Ular Kirov suv omborida katta mablag‘ talab qiladigan tambani almashtirdi. Har yili amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlariga 179 million tenge (401,8 ming dollar) sarflaydi», dedi Sokeyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Qozog‘iston bilan obektlarni saqlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ ajratilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
«Chunki biz o‘z kuchimiz bilan ta’mirlaymiz, pudratchilarimiz yo‘q», dedi Sokeyev.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston suv uchun pul to‘lamoqda.
«O‘zbekiston to‘layapti. Ular har yili pul ajratmalarini ko‘paytirmoqda. 2023 yilda bu 240 ming dollar edi. Bu yil esa 280 ming dollar bo‘ladi. 2025 yilda esa bundan ham ko‘proq bo‘ladi. Ular ko‘payadi, ya’ni ajratilayotgan mablag‘lar har yili oshib bormoqda», dedi u.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025