Jahon | 20:17 / 29.01.2024
14265
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng yirik kruiz kemasi birinchi sayohatiga suzib ketdi 

U afsonaviy «Titanik»dan 100 metr uzunroq. 

Foto: Anadolu Agency

Dunyodagi eng yirik Icon of the Seas kruiz kemasi AQSh Mayami portidan Karib dengizi orollariga birinchi, 7 kunlik sayohatiga suzib ketdi. 

Kema 365 metr uzunligi va 251 ming tonna og‘irligi bilan rekord o‘rnatgan. Taqqoslash uchun, afsonaviy «Titanik» ushbu kemadan (269 m) 100 metr qisqaroq, AQSh harbiy-dengiz kuchlarining eng yirik Gerald R.Ford aviatashuvchisi uzunligi esa 333 metrni tashkil qiladi. 

Icon of the Seas 7600 yo‘lovchini sig‘dira oladi. Unda 40 dan ortiq restoran, kafe va barlarga ega 20 ta paluba mavjud. Shuningdek, tropik o‘simliklardan iborat kichik park, teatr, karaoke bar, tennis va voleybol maydonlari, bolalar uchun attraksionlar va akvapark bor. 

Kema Bahama orollarida ro‘yxatga olingan va Finlyandiyada 2 milliard dollarga qurilgan. 

Birinchi sayohat uchun chipta narxi 1700-2600 dollarni tashkil qildi. Talab yuqori bo‘lgan mavsumlarda 5 ming dollargacha yetishi mumkin.

Mavzuga oid