Qozog‘istonda tuxum narxi keskin oshdi
10 donasi 700-750 tanga bo‘lib turgan tuxum narxi so‘nggi haftada 100-150 tangaga oshgan.
Qozog‘istonda so‘nggi bir haftada tuxum narxi keskin oshgan. Bu haqda Zakon.kz xabar bermoqda. 10 donasi 700-750 tanga bo‘lib turgan tuxum narxi 850 tangagacha ko‘tarilgan.
Savdo vaziri Arman Shakkaliyev ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida OAV xodimlari undan tuxum narxining keskin ko‘tarilishi sabablarini so‘rashgan.
Vazir vahimaga tushmaslikni, tuxum narxi oshishiga mavsumiy omillar sabab bo‘lganini aytgan.
“Bizda 34 ta tovuq fabrika bo‘lib, ular bir yilda 5 mlrd 100 mln dona tuxum ishlab chiqaradi. Qozog‘istonda bir yilda 5 mlrd dona tuxum iste’mol qilinadi. Tuxum odatda yozda arzonlaydi, qishda qimmatlaydi. Ya’ni mavsumga qarab narxlar ko‘tarilib, tushadi. Shu uchun vahima qilish kerak emas” degan u.
Avvalroq, 2023 yilning so‘nggi ikki oyida Rossiyada tuxum narxi keskin ko‘tarilgandi. Joylarda 30 foizdan 50 foizgacha oshgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid

19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov

16:29 / 15.04.2025
Lavrov davlatlarning hududiy yaxlitligi huquqini sharsiz qo‘llamasligini aytdi

17:19 / 11.04.2025
Qo‘shnilarimiz qiynalsa, bir chetda qarab turmaymiz - To‘qayev

16:51 / 11.04.2025