O‘zbekiston | 09:42 / 02.02.2024
3394
1 daqiqa o‘qiladi

2023 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida qancha xorijlik kelgani ochiqlandi

Eng ko‘p odam qo‘shni davlatlardan kelgan.

Statistika agentligi matbuot xizmati 2023 yilda tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelgan xorijliklar sonini ochiqladi.

2023 yilda O‘zbekistonga 70,4 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida kelgan.

Ko‘rsatkich quyidagicha bo‘lgan:

  • Turkmaniston — 46,5 ming nafar;
  • Tojikiston – 14,8 ming nafar;
  • Afg‘oniston – 1,9 ming nafar;
  • Turkiya – ming nafar;
  • Xitoy – ming nafar;
  • boshqa davlatlardan – 5,2 ming nafar.

Avvalroq, 2023 yilda O‘zbekistonga 6,6 mln nafar chet el fuqarolari kelgani, ularning asosiy qismi (5,6 mln nafar) qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida tashrif buyurgani aytilgandi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid