Jamiyat | 13:07 / 04.02.2024
11442
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda Nexia yonib ketdi

Yong‘in mashina ko‘p tarmoqli AYoQShlardan birida turganida sodir bo‘lgan.

Samarqand viloyatida AYoQShning bir qismi va Nexia mashinasi yonib ketgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 3 fevral kuni sodir bo‘lgan.

Shu kuni soat 18:00 da Oqdaryo tumani Dahbed mahallasida joylashgan ''Quruvchi-Bunyodkor-Turkiston'' MChJga qarashli ko‘p tarmoqli yoqilg‘i tarqatish shoxobchasida Nexia mashinasida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar berilgan.

Xabarga ko‘ra, soat 18:16 da voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, soat 18:28 da yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida Nexia va yoqilg‘i tarqatish shoxobchasining 1 ta kolonkasi qisman yonib zararlangan. 

Yong‘in-qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida ko‘p tarmoqli yoqilg‘i tarqatish shoxobchasi yong‘indan saqlab qolingan. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda. 

Mavzuga oid