Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda amaldor yig‘ilish paytida korrupsiyada ayblanib, hibsga olindi
Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan amaldor yetkazgan zararning dastlabki miqdori 265,9 ming dollarni tashkil qilgan.
Qozog‘istonda Chimkent shahri uy-joy boshqarmasi boshlig‘i hokimlikdagi yig‘ilish vaqtida qo‘lga olindi. Amaldor korrupsiya jinoyatida ayblangan, deb xabar berdi Otyrar TV.
Telekanal xabariga ko‘ra, yig‘ilishga Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati vakillari kelgan. Uning vakili yig‘ilishda hozir bo‘lganlardan biriga savollari borligini aytgan.
Yig‘ilishga raislik qilgan shahar hokimi huquq-tartibot idorasi xodimlari korrupsiyada ayblanayotgan amaldorni olib ketishi mumkinligini aytgan.
«Hokimlik xodimlari orasida halol xodimlar ko‘p, lekin korrupsionerlari ham bor. Men sizlarni ko‘p marta ogohlantirganman», dedi hokim va «boshqa chorasi yo‘q» deb qo‘shimcha qildi.
Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati xodimlari yig‘ilishga kirib, uy-joy boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi amaldorni olib chiqib ketishgan.
Chimkent shahar hokimi G‘abit Sizdiqbekov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida amaldorlarni noqonuniy boylik orttirishga imkoniyat qidirmaslikka chaqirdi.
Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan amaldor yetkazgan zararning dastlabki miqdori 120 million tengeni (265,9 ming dollar) tashkil qilgan.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025