Jahon | 16:29 / 12.02.2024
15015
5 daqiqa o‘qiladi

Qora dengizdagi navbatchilik va Donbassdagi pozitsiyalar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 718-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya qo‘shini Ukrainaga dronlar bilan hujum uyushtirdi. Ukraina QK 45 ta drondan 40 tasi urib tushirilganini ma’lum qilgan. Tinch aholi vakillaridan ikki kishi yaralangan — Mikolayiv shahrida va Dnipropetrovsk oblastining Dniprovsk rayonida.
  • RF mudofaa vazirligi RF normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalidan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilarni safarbarlik davrida xizmatdan bo‘shatish uchun yagona yoshni belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasini olib tashladi. Loyihada safarbarlik, harbiy holat yoki urush davrida katta ofitserlar uchun yosh chegarasi 70, qolganlar uchun — 65 yoshni tashkil etishi belgilangandi.
  • Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov Rossiya-Ukraina chegarasi yaqinidagi Ponuri xutori o‘qqa tutilishi oqibatida uch nafar ishchi jabrlangani haqida ma’lum qildi.
  • General-leytenant Oleksandr Pavlyuk Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni etib tayinlandi, u bu lavozimda Oleksandr Sirskiy o‘rnini egalladi. Avvalroq Volodimir Zelenskiy Sirskiyni Valeriy Zalujniy o‘rniga Ukraina QK bosh qo‘mondoni etib tayinlagandi.
  • Mstislav Chernovning «Mariupolda 20 kun» filmi AQSh rejissyorlari gildiyasi mukofotini qo‘lga kiritdi. Chernovning o‘zi eng yaxshi hujjatli kino rejissyori sifatida taqdirlangan. 

Qora dengizdagi Ukraina sohil qo‘riqlash xizmati 

Ukraina sohil qo‘riqlash xizmati harbiy xizmatchisi patrul kateridan yuk kemasini kuzatmoqda. 2023 yil iyulida Rossiya Qora dengiz g‘alla tashabbusidan (yoki shunchaki «g‘alla kelishuvi») chiqqandi. Shundan buyon Ukraina g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilish uchun Qora dengizdagi vaqtincha marshrutlardan foydalanmoqda. Ukraina jamoalar, hududlar va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligi rahbari Oleksandr Kubrakovga ko‘ra, 2023 yil avgustidan buyon Ukraina bu yo‘lak orqali 22 million tonnadan ortiq yuk o‘tkazgan.
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina sohil qo‘riqlash xizmati patrul kateri. Rossiya va Ukraina Qora dengizda bir-biriga hujum qilmoqda. 10 fevral kuni RF qo‘shini anneksiya qilingan Qrim hududidan Ukraina oblastlari (Odessa, Mikolayiv, Vinnitsa va boshqalar) tomon zarbdor dronlar uchirdi. RF mudofaa vazirligi ukrain dronlarining Qora dengizdagi hujumi haqida so‘nggi bor 2023 yil kuzida xabar bergandi.
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
2023 yilda Ukraina Qora dengizda qator muvaffaqiyatlarga erishdi: masalan, sentabr oyida Qora dengizdagi gaz qazib oluvchi platforma — «Boyko minorasi»ni qaytarib oldi, Rossiya uni 2014 yilda egallab olgandi. Dekabrda esa Rossiyaning «Novocherkassk» desant kemasi yakson etildi. Shuningdek, 1 fevralga o‘tar kechasi Ukraina QK «Ivanovets» raket katerini yo‘q qilgan.
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Qora dengizdagi yuk kemalari
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina sohil qo‘riqlash xizmati xizmatchisi patrul katerida
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina QKning Donetsk oblastidagi pozitsiyalari 

Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press

Zaporijjya oblastida insonparvarlik yordami tarqatilishi

Ukrainaning boshqa regionlaridan bo‘lgan qochqinlar Zaporijjyada insonparvarlik yordamlarini qabul qilib olmoqda. 2023 yil may oyi oxiridagi ma’lumotga ko‘ra, keng ko‘lamli urush boshlanganidan keyin Ukrainada bir hududdan boshqa joyga ko‘chib o‘tganlar soni 4,8 million kishiga yetgan.
Andriy Andriyenko / AFP / Scanpix / LETA
Andriy Andriyenko / AFP / Scanpix / LETA
Andriy Andriyenko / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid