Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston O‘zbekistondan tarixiy meros buyumlarini qaytaradi
O‘z vaqtida turli tarixiy sharoitlar tufayli xorijga ketgan Qozog‘iston milliy boyliklarini qaytarish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.
Rossiya, O‘zbekiston, Xitoy va bir qator Yevropa davlatlaridan qimmatli tarixiy meros buyumlarini qaytarish bo‘yicha ishlar boshlandi. Bu haqda Qozog‘iston Madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva ma’lum qildi.
«Madaniyat maskanlarimiz holatini yaxshilash, ularni munosib darajaga olib chiqishimiz kerak. Bu ish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Hozirga qadar 3 ta muzeyning ichki ekspozitsiyasini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Milliy muzey yonida keng ko‘lamli restavratsiya markazi barpo etilib, xalqimizning ko‘p asrlik tarixidan xabar beradigan qadriyatlarimizning hayotiyligini asrab-avaylash uchun sharoit yaratadi. Zero, bu tarixiy meroslarni tiklash, muhofaza qilish va targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega», dedi Balayeva.
Vazirning ta’kidlashcha, ayni paytda ularning ichki mazmunini boyitishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
«Shuning uchun vazirlikning asosiy e’tibori uzoq va yaqin xorijdan tarixiy qimmatli meros buyumlarini qaytarishga qaratiladi. O‘z vaqtida turli tarixiy sharoitlar tufayli xorijga ketgan milliy boyliklarimizni qaytarish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Albatta, bu ishlar xalqaro qonunchilik asosida amalga oshirilmoqda, biroq bugun biz Rossiya, O‘zbekiston, Xitoy va bir qator Yevropa davlatlari bilan tegishli ishlarni boshladik», dedi vazir.
Aida Balayeva qaysi tarixiy buyumlar qaytarilishiga aniqlik kiritmadi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025