Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmdagi maktablardan birida o‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kaltakladi
Holat Xonqa tumanidagi 36-maktabda sodir bo‘lgan. O‘qituvchi dastlab bolaning boshiga qo‘l va daftar aralash tarsakilar solib, keyin o‘quvchi qizni do‘pposlab ketgan. Vaziyat MMTB tomonidan o‘rganilmoqda. Bosh prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib borilayotganini, sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlanganini ma’lum qildi.
29 fevral kuni tarmoqlarda Xorazmdagi maktablardan birining maktab o‘qituvchisi boshlang‘ich sinfda o‘qiydigan o‘g‘il va qiz bolalarni do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi. Unda dars o‘tib turgan xodim dastlab bolaning boshiga qo‘li va daftari bilan tarsakilar solgan.
Keyin esa yonida turgan qizaloqdan savol so‘rab, daftarni ko‘rsatgan va siltab, yuziga urib tashlagan. Shu zaylda 50 soniya davomida qizaloqqa baqirib, uni kaltaklagan. O‘qituvchi 30 soniya dars o‘tib tin olgach, keyin qizchani yana siltay boshlagan.
Holat yuzasidan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, bu vaziyat Xonqa tumanidagi 36-maktabda yuzaga kelgan.
“Videolavhada aks etgan holat yuzasidan vakolatli tashkilotlar hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari yuzasidan batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov esa bu maktabda sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tekshiruv doirasida o‘quvchilarda tan jarohatlarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tekshiruv harakatlari Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
21:35 / 22.05.2025