O‘zbekiston | 08:12 / 01.03.2024
3098
1 daqiqa o‘qiladi
Yanvarda 4 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalanildi
Yanvar oyida qariyb 4 trillion so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalanilgani ma’lum bo‘ldi.
2024 yilning yanvar oyida 87 673 ta tashkilot umumiy qiymati 4 trillion so‘mga yaqin miqdordagi soliq imtiyozlaridan foydalangan.
Shu bilan birga:
- 1 512 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 1,5 trillion so‘mlik QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan;
- 2 787 ta korxona 2,3 trillion so‘m miqdorida QQS nol stavkasini qo‘llagan.
Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:
- QQS - 1,3 trillion so‘m;
- yer solig‘i - 1,6 trillion so‘m;
- mol-mulk solig‘i - 750,9 milliard so‘m;
- ijtimoiy soliq - 173,1 milliard so‘m;
- JShODS - 64,3 milliard so‘m;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 19,8 milliard so‘m.
- AOS - 8,4 milliard so‘m.
Mavzuga oid
21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi
10:20 / 24.09.2024
Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
08:50 / 20.09.2024
Soliq qo‘mitasi ikki bankni javobgarlik choralari to‘g‘risida ogohlantirdi
19:46 / 19.09.2024