Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada xavfsizlik choralari ko‘rilmagan zapravka gaz ta’minotidan ajratildi
Farg‘ona viloyatida xavfsizlik choralari ko‘rilmagan AGTKSh gaz ta’minotidan ajratildi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, «O‘zenergoinspeksiya» viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Uchko‘prik tumanida joylashgan «F.M.S.» MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘rnatilgan texnologiya jarayonlarining va texnologik asbob-uskunalarining amaldagi me’yor va qoidalarga muvofiqligi, tabiiy gazni qabul qilib olish, saqlash, tarqatilishi holatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Xususan, o‘rganish jarayonida AGTKShlar faoliyatida aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan mutasaddilarga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi hamda mazkur AGTKShlar yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar (10 kun muddatgacha) tabiiy gaz ta’minotidan ajratildi.
Mavzuga oid
09:54 / 11.05.2025
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi
19:43 / 25.03.2025
Namangandagi metan zapravkada Damas yonib ketdi
05:29 / 11.03.2025
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor
09:39 / 22.02.2025