Jahon | 15:51 / 08.03.2024
6003
2 daqiqa o‘qiladi

YeI sudi Rossiya o‘g‘itlari bo‘yicha bojlarni o‘zgarishsiz qoldirdi

Yevropa Ittifoqi Lyuksemburgdagi sudi «Yevroxim» konserni kompaniyalarining Rossiyadan karbamid-ammiak aralashmalariga YeI antidemping bojlarini bekor qilish bo‘yicha apellyatsiyasini rad etdi.

Foto: AP

7 mart, payshanba kuni Yevropa Ittifoqi Lyuksemburgdagi sudi «Yevroxim» konserni «Nevinnomysskiy Azot» va «Novomoskovskiy Azot» kompaniyalarining Yevropa Ittifoqi tomonidan ilgari kiritilgan karbamid-ammiakli o‘g‘itlarga antidemping bojlarini saqlab qolish haqidagi sud qarori ustidan apellyatsiyasini rad etdi

«Nevinnomysskiy Azot» va «Novomoskovskiy Azot» Rossiya kompaniyalari yuqori instansiya sudidan Yevropa umumiy yurisdiksiya sudining 2022 yil 14 sentabrdagi qarorini bekor qilishni so‘radi, unda u Yevropa Ittifoqi antidemping bojini bekor qilish to‘g‘risidagi da’voini rad etgan. Yevropa komissiyasi 2019 yilda Rossiya, AQSh, Trinidad va Tobagodan karbamid-ammiak aralashmalari importi uchun doimiy antidemping bojini joriy qildi. 

Rossiyadan ammiakli selitraga qarshi antidemping boji bo‘yicha «Yevroxim» guruhi kompaniyalari tomonidan kiritilgan boshqa da’vo arizasi bo‘yicha 2023 yil 5 iyulda Yevropa umumiy yurisdiksiya sudi uni muddatidan oldin bekor etishga qaror qildi va shu bilan Yevropa komissiyasining 2020 yil dekabr oyida bojni joriy etish to‘g‘risidagi qarorini to‘xtatdi.

Umuman olganda, Yevropa Ittifoqining uchinchi davlatlardan o‘g‘it importidagi Rossiya ulushi 2021 yil uchinchi choragidagi 27 foizdan bir yil o‘tib 17 foizga qisqardi, ammo Yevropa komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil uchinchi choragida 27 foizga qaytdi. 

Mavzuga oid