Ukrainlarning Kupyansk atrofidagi shturmi va Rossiya armiyasida jang qilib asir tushgan xorijliklar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 752-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Odessada raketa zarbasi qurbonlari soni 21 nafarga yetdi, 70 dan ortiq kishi jarohatlangan.
- Zelenskiy Odessaga hujum yuzasidan munosabatida «rossiyalik qotillar adolatli reaksiyani his qilishi»ni aytdi. U Ukraina Rossiyaning «eng ojiz joylari»ga zarbalar berishda davom etajagini ma’lum qildi.
- Samara oblastida dronlar ikkita neftni qayta ishlash zavodiga hujum uyushtirdi. Ukrain nashrlari manbalari bu hujumlar ortida Ukraina qurolli kuchlari turganini yozishgan.
- Belgorod shahri o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, oblast hududida dron avtomobilga urilishi oqibatida besh kishi jarohatlangan.
- Belgoroddagi savdo markazlari va maktablar shaharga zarbalar davom etayotgani tufayli yopilgan.
- Rossiya mudofaa vazirligi Belgorod va Kursk oblastlari osmonida dron va raketalar urib tushirilayotganini xabar qilmoqda.
- «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» asirlar aks etgan video e’lon qilib, Belgorod oblasti gubernatorini muzokaralarga chaqirdi.
- Sverdlovsk oblastidagi saylovchilar ularni DXR va okkupatsiya qilingan Zaporijjyadagi uchastkalarga biriktirishganini payqashgan.
Belgorod
Rossiya pozitsiyalarini shturm qilayotgan «Edelveys» brigadasi
Avdiyivka atrofidagi ukrain artilleriyachilari
Rossiyaning Avdiyivka atrofidagi yurishi joyidan jilmay qoldi. RF qurolli kuchlari Donetsk shimolidagi ushbu shaharni 17 fevral kuni egallagandi, ammo keyingi oy davomida Rossiya qo‘shini atrofdagi barcha qishloqlarni egallashga muvaffaq bo‘la olmadi. Katta ehtimol bilan Rossiya qo‘shini katta yo‘qotishlar tufayli bu yo‘nalishda yurish qilishni to‘xtatadi.
11 mart kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy fransuzlarning BFM telekanaliga bergan intervyusida yurish to‘xtatilgani va frontning ushbu uchastkasidagi vaziyat «so‘nggi uch oydagi yaxshiroqligi»ni aytgandi. Shu bilan birga, u agar Ukraina g‘arblik ittifoqchilar va’da qilgan harbiy yordam, birinchi navbatda snaryadlar yetib kelmasa, barchasi yomon tomonga o‘zgarishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan. Rossiya qo‘shini esa ukrain pozitsiyalarini o‘qqa tutishda o‘q-dorilarni ayamayapti.
Donbass shimolidagi rossiyalik artilleriyachilar
Rossiya armiyasida jang qilib asir tushgan xorijliklar
Kiyevda 15 mart kuni Rossiya tomonida jang qilib asir tushgan harbiylar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi — Nepaldan besh, Somali, Siyerra-Leone va Kubadan bir nafardan asir.
«Bu asirlikka tushgan fuqarolarni namoyish etish orqali, o‘nlab, yuzlab odamlar targ‘ibotchilarga aldanib qolmasligi uchun yanada radikal va samaraliroq qadamlar tashlash zarurligini aytamiz», — deya Ukrainaning harbiy asirlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtabi vakili Petro Yatsenkoning so‘zlarini keltirgan Reuters agentligi.
Yatsenkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ushbu mamlakatlardan yollangan jangchilardan «shturmovik, to‘p yemi» sifatida foydalanmoqda va ularning faqat kichik qismi omon qolib, asir tushmoqda. «Sud ularni yollanma jangchilar deb tan olmagunicha, ularga ham boshqa harbiy asirlarga bo‘lgani kabi munosabat ko‘rsatamiz», — deya qayd etgan u.
Donetsk oblastining okkupatsiya qilingan qismidagi Spartak posyolkasi
Donetsk va Avdiyivka shaharlari oralig‘ida ukrainlarning Rossiya tomonidan egallab olingan Spartak posyolkasi joylashgan. Ayni vaqtda Spartakda 43 kishi yashamoqda. 10 yillik harbiy harakatlar mobaynida ushbu posyolka Donetsk frontidagi faol janglar markazida bo‘lgan.
Mavzuga oid
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024