O‘zbekiston | 08:51 / 18.03.2024
11380
1 daqiqa o‘qiladi

Nurota davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonga Qizilqum arxari muhrlandi 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga qarashli Nurota davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonga Qizilqum arxari muhrlandi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Qizilqum arxari zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi, TMXI Qizil ro‘yxati va CITESning II Ilovasiga kiritilgan. Ovlash taqiqlangan. 

Umumiy soni 1800–2000 tani tashkil etadi. So‘nggi 10 yil ichida jonivorlar soni ancha barqarorlashgan (1600 taga yaqin). 1991 yildan buyon Nurota qo‘riqxonasida ko‘paytirilmoqda. 

Qo‘riqxonada har yili Qizilqum arxari kabi hayvonlarni saqlab qolish uchun turli biotexnik tadbirlar o‘tkaziladi.

Mavzuga oid