Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurdi
Abdulla Aripov RF elchisi Oleg Malginov orqali butun Rossiya xalqiga ta’ziya bildirdi.
Bugun, 25 mart kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasining mamlakatdagi elchixonasiga tashrif buyurdi.
Bosh vazir matbuot kotibi xabariga ko‘ra, Abdulla Aripov RF elchisi Oleg Malginov orqali butun Rossiya xalqiga ta’ziya bildirgan.
Avvalroq, Bosh vazir Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Vladimir Mishustinga Moskva viloyatidagi Crocus City Hall majmuasida sodir bo‘lgan terakt oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik maktubini yuborgan edi.
Moskva shahri yaqinidagi Crocus City Hall konsert zalida sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lgan 137 kishining jasadi topilgan, hududni ko‘zdan kechirish ishlari davom ettirilmoqda. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi xabar berdi.
Ayni vaqtga kelib 62 jasadning shaxsi aniqlangan, qolganlari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilmoqda.



Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
09:03 / 28.05.2025