Jahon | 17:58 / 28.03.2024
18316
9 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiyning chegara hududga tashrifi va Xarkivdagi vayrongarchiliklar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 763-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Belgorodda dron shahar markazidagi IIV binosiga urildi, bir ayol jarohatlangan.
  • Xarkivdagi aholi yashash kvartali o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, yana 19 kishi yaralangan.
  • Bayden yana bir bor Putinni «qassob» deb atadi va Ukraina uchun yordam ajratishga chaqirdi.
  • Moskva munitsipalitetining sobiq deputati Lyusyu Shteyn armiya to‘g‘risidagi «feyk» uchun sirtdan olti yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
  • Davlat dumasi deputatlari Tergov qo‘mitasidan «AQSh NATO davlatlari hamda Ukraina maxsus xizmatlari bilan birgalikda Rossiyada amalga oshirayotgan terrorizm aktlari»ni tekshirishni talab qildi.
  • Samsung Pay «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi.
  • RF mudofaa vazirligi Belgorod oblasti uzra 18 ta reaktiv snaryad urib tushirilganini ma’lum qildi.

Xarkiv o‘qqa tutilishi

Rossiya qo‘shini 27 mart kuni Xarkiv bo‘ylab zarbalar berdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning yozishicha, raketalar orqali o‘qqa tutish va dronlar hujumidan keyin Xarkivga aviabombalar tashlangan — «shunchaki oddiy ko‘chalar, uylar, maktab, oddiy fuqarolik infratuzilmalariga». Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubov Xarkiv shahriga ilk bor «yirik kalibrli boshqariluvchi o‘q-dori» bilan zarba berilganini aytgan. «Aftidan, rossiyaliklar o‘zining takomillashtirilgan bombasini aholi yashaydigan binolarda sinab ko‘rishga qaror qildi. Bolalar maydonchalarida, maktablarda, shifoxonalarda», — deya qayd etgan Sinegubov.

Xarkiv oblasti rahbari ma’lumotiga ko‘ra, Xarkiv o‘qqa tutilishi oqibatida Shevchenkovo rayonida ikkita besh qavatli uy hamda bitta xususiy uy shikastlangan
Adri Salido / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Zarba vaqtida tinch aholi vakillaridan 59 yoshli kishi halok bo‘lgan
Adri Salido / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
19 kishi, jumladan uch oylikdan 13 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar bola hamda bir necha ayollar jarohatlangan, deb xabar bergan Xarkiv oblasti rahbari. Jabrlanganlardan 13 nafari shifoxonaga yotqizilgan
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Shevchenkovo rayonida Rossiya raketa zarbasiga uchragan uyda yashovchilar
Oleksandra Novosel / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Ukraina huquq-tartibot organlari urush qonunlari va urf-odatlari buzilishi holati (Ukraina JK 438-moddasi, 2-qismi) bo‘yicha sudga qadar tekshiruv ishlarini boshlagan, deb xabar qilgan Ukraina bosh prokurori ofisi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, Xarkivda 18 kishi jarohatlanib, bir kishi halok bo‘lgan.
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA

Volodimir Zelenskiyning Sumi oblastiga tashrifi

Ukraina prezidenti 27 mart kuni Sumi oblastiga keldi. U hospitallardan biridagi harbiylarni ziyorat qilgan, talabalar bilan uchrashgan, shuningdek region xavfsizligi va mudofaasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan.

«Biz albatta, Ukraina yashashi, yoshlar Ukrainada yashash va o‘sish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun barcha ishni qilamiz», — deya yozdi Zelenskiy o‘z telegram-kanalida Sumi oblastidagi talabalar bilan uchrashuvi haqida
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Hospitalda Ukraina prezidenti yarador harbiylarni mukofotladi. «Shifokorlarga, barcha tibbiyot hamshiralariga, yaradorlarga tiklanishda yordam berayotgan barchaga katta rahmat, ta’zimdamiz», — deya yozgan Zelenskiy.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ishchi tashrifning muhim punktlaridan biri «Sumi oblasti, har bir jamoat, har bir shaharni himoya qilish» masalalari bo‘ldi, deya xabar qilgan Zelenskiy. «Ayniqsa, chegara hududlarda murakkab vaziyat: bu yerlarda rus terrori doimiy. Doimiy o‘qqa tutish, aviatsiya zarbalari, dushmanning diversiya guruhlariga qarshi turish», — deya yozgan Ukraina prezidenti o‘z telegram-kanalida barcha himoyachilarga alohida minnatdorchilik bildirgan holda.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Zelenskiyga Ukraina urushning hozirgi bosqichida alohida e’tibor qaratayotgan mudofaa istehkomlari namoyish etilgan.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Avdiyivka atrofidagi ukrain askarlari

Rossiya qo‘shini Donetsk oblastida oldinga yurishga harakat qilmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining 27 mart tongidagi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan kun davomida Avdiyivka yo‘nalishida ukrain harbiylari Berdichi, Semenovka va Nevelske aholi yashash manzillarida raqibning to‘qqiz hujumini bartaraf etgan. Ukrain harbiylariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini kun davomida artilleriya va minomyotlardan frontning mazkur uchastkasida joylashgan 10 ta aholi yashash manzillarini o‘qqa tutgan.

Avdiyivka atrofida 71-alohida yeger brigadasi harbiylari jang qilmoqda, bu brigada RF qo‘shinining Ukrainaga 2022 yil fevralida boshlagan bosqinidan keyin tuzilgan
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
71-yeger brigada jangchilari M101 gaubitsasini jangda qo‘llamoqda. Amerikaning ushbu gaubitsasi seriyali ishlab chiqarilishi 1941 yilda boshlangan va Ikkinchi jahon urushida ham qo‘llangan. M101 gaubitsalarini Ukrainaga 2022 yil kuzida Litva bergandi.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar o‘q-dori taqchilligiga uchragan sharoitda dronlar alohida muhim rol o‘ynamoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Pilotsiz qurilmalar razvedka olib borishda ham, raqibga zarbalar yo‘llashda ham qo‘l keladi, ammo hozircha artilleriyaning o‘rnini bosa olmaydi
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Avdiyivka yo‘nalishidagi Ocheretinoda vayrongarchilik

Ocheretino — Ukrainaning Donetsk oblasti Yasinovataya rayonida, Donetskdan shimoli-g‘arbda, Avdiyivkadan uncha uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan posyolka. Posyolka muntazam ravishda Rossiya qo‘shini tomonidan o‘qqa tutilmoqda va kuchli darajada vayron bo‘lgan. Keng ko‘lamli urushga qadar Ocheretinoda 4,3 ming atrofida odam yashardi. Fevral oyida posyolkaga kelgan jurnalistlar bu yerda 570 kishi qolganini ma’lum qilishgan.

Ocheretino ko‘p oylardan buyon amalda front chizig‘ida qolmoqda. Posyolkada ko‘plab binolar vayron bo‘lgan
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
Rasmiylar muntazam ravishda aholini evakuatsiya bo‘lishga chaqiradi, ammo ko‘pchilik hatto vayrona holatdagi uylarini ham tashlab ketishga tayyor emas
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press
Jose Colon / Anadolu / ddp / Vida Press

Belgorod o‘qqa tutilishi oqibatlari

Belgorod shahri va Belgorod rayoni 24 mart kuni yana bir bor Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgandi. Region rahbari Vyacheslav Gladkovning ma’lumotiga ko‘ra, to‘rt kishi yaralangan, shundan uch nafari shifoxonaga yotqizilgan. Belgorod mart oyi boshidan buyon deyarli har kuni zarbaga uchramoqda.

Region rahbari Belgorodga kirish hududida 22 ta havo nishonlari yo‘q qilinganini ma’lum qilgan
AFP / Scanpix / LETA
AFP / Scanpix / LETA
Belgorod oblasti rahbariga ko‘ra, Belgorodda yettita ko‘p qavatli uyda 22 ta kvartira hamda yettita xususiy uy, shuningdek 11 ta avtomobil shikastlangan
Belgorod meri Valentin Demidovning Telegram-kanali
«Biz barchasini maksimal darajada tez tiklashga harakat qilamiz — buni qanchalik tez amalga oshirsak, odamlarda biz har qanday kulfatga qarshi tura olishimiz borasida ko‘proq ishonch paydo bo‘ladi», — degan Belgorod gubernatori navbatdagi zarbalardan keyin.
AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid