Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi halok bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida Nexia-1 va Nexia-2 mashinalari o‘zaro to‘qnashgan va haydovchilardan biri halok bo‘lgan.
Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 4 mart kuni soat 07:30 larda M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining Dehqonobod tumani Gumbuloq mahallasi hududidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yashovchi 43 yoshli haydovchi Nexia-1 mashinasini boshqarib borib, ro‘paradan harakatlanib kelayotgan, Termiz shaharida yashovchi 41 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia-3 bilan to‘qnashgan.
Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan Nexia-1 haydovchisi vafot etgan.
P.S. Odam o‘limi bilan bog‘liq mazkur YTH Qashqadaryoda sodir bo‘lganiga qaramasdan bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati hech qayerda ma’lumot bermagan.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024