O‘zbekiston | 08:30 / 17.04.2024
3483
1 daqiqa o‘qiladi
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi
Quva tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyati Quva tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.
Ularda “M.E.”, “S.R.” va “I-Z.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari dala maydonlariga o‘rnatilgan suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 358,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:41 / 02.10.2024
Dehqonning “uyi kuydi”: Kegeylida 14 gektar pishay deb turgan sholi dalasi buzib tashlandi
19:46 / 30.09.2024
Senat kooperativlar bo‘yicha qonunni ma’qulladi
19:17 / 30.09.2024
Bunaqada sohada kim qoladi? Yangibozor hokimi misolida dehqonlarga munosabat
21:29 / 25.09.2024