Jahon | 19:00 / 17.04.2024
10897
7 daqiqa o‘qiladi

Xavfli hududlarda ishlayotgan «Oq farishtalar» va Lvivda dafn marosimi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 783-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Zelenskiy safarbarlik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
  • Zelenskiy AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlov tiklanmasa, Ukraina bu urushda g‘alaba qozona olmasligini aytgan.
  • Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Tripolskaya IES Rossiya hujumi vaqtida ukrain harbiylarida havo hujumidan mudofaa tizimi raketalari tugab qolgani tufayli vayron bo‘lgan.
  • AQSh kongressida Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam ko‘rsatish bo‘yicha alohida qonun loyihalarini qabul qilish taklif etildi.
  • AQSh Isroilni Eron hujumidan himoya qilganidagi kabi Ukrainaga raketa va dronlarni urib tushirishda yordam ko‘rsata olmasligini ma’lum qildi.

Kun kadri. Mariupol

Rossiya qo‘shini Mariupolni 2022 yil bahorida okkupatsiya qilgandi. Janglar vaqtida Ukrainaning eng yirik shaharlaridan biridagi binolarning 90 foizi u yoki bu darajada shikastlangan. 2022 yil avgustida Rossiya qurilish vazirligi Mariupolni uch yil ichida «tiklash» rejasi haqida ma’lum qilgandi. «Bumaga» nashri xabariga ko‘ra, vayrona shahardagi qurilish ishlarida Sankt-Peterburg shahri ma’muriyati faol ishtirok etmoqda. Nemis jurnalistlari aniqlashicha, Mariupoldagi qurilishlarda Germaniya kompaniyalarining ham ishtiroki mavjud. Human Righs Watch tashkiloti  xodimlari shaharning sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini o‘rgangan holda 2022 yil martidan 2023 yil fevraliga qadar Mariupolda kamida sakkiz ming kishi halok bo‘lgan degan xulosaga kelishgan. Ularning hisoblashicha, qurbonlar soni bundan ham ko‘proq, chunki birodarlik qabrlariga birdaniga bir necha kishi ko‘milgan, ko‘plab jasadlar esa keyinroq otishmalar vaqtida yer bilan bitta bo‘lgan uylarda qolgan bo‘lishi mumkin. 16 aprel kuni olingan fotoda Mariupoldagi rayonlardan birida hali ham «tiklash» ishlari boshlanmaganini ko‘rish mumkin.

AFP / Scanpix / LETA

Donetsk oblastidagi Ocheretino qishlog‘i

Donetsk oblastidagi Ocheretino qishlog‘i Rossiya qo‘shini 2024 yil fevralida egallab olgan Avdiyivka shahri yaqinida joylashgan. RF qurolli kuchlari bu yo‘nalishdagi yurishini rivojlantirishga urinmoqda, ukrain harbiylari mudofaani ushlab turibdi, jumladan Ocheretino hududida ham — bu yerda Ukraina qurolli kuchlari istehkomlaridan biri joylashgan.

Amalda harbiy harakatlar hududida qolgan bu qishloqda deyarli barcha binolar vayron bo‘lgan
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ammo Ocheretinoda hali ham tinch aholi vakillari yashashda davom etmoqda. Mahalliy aholiga nisbatan xavfsiz joylarga ko‘chib o‘tishga Ukraina politsiyasining «Oq farishta» nomli maxsus bo‘linmasi yordam ko‘rsatmoqda.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
«Oq farishta» xodimlari Gennadiy Yudin (o‘ngda) va Dmitro Solovey (chapda) Ocheretino aholisi vakillari bilan muloqot qilmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Dmitro Solovey ocheretinolik 70 yoshli kishi bilan gaplashmoqda, bir kun oldin — 15 aprelda Rossiya zarbasi oqibatida uning turmush o‘rtog‘i halok bo‘lgan. Bir kun o‘tib uning jasadi xarobalar ostidan chiqarib olingan.
«Bu odamlar — eng yaxshi, bu xizmatga ko‘ngilli sifatida kirgan jasur politsiyachilardir», — degan Ukraina milliy politsiyasi rahbari Igor Klimenko «Oq farishta» jangchilari haqida. Ularning asosiy vazifasi — harbiy harakatlardan eng ko‘p aziyat chekayotgan hududlar aholisiga yordam ko‘rsatishdir
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Rossiya qo‘shini Ocheretinoga aviabombalar tashlamoqda. Ulardan biri 15 aprel kuni qishloqda yashovchilardan birining o‘limiga sabab bo‘lgan. Yana ikki kishi yaralangan, deb xabar bergan Donetsk oblasti rahbari Vadim Filashkin. Rossiyaning FAB-500 rusumli yana bir bombasi qishloq chetiga tushgan, ammo portlamay qolgan.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Ukraina armiyasining Chasiv Yar yaqinidagi tibbiyot punkti

Frontning nisbatan shiddatli janglar ketayotgan uchastkalaridan biri Donetsk oblasti Chasiv Yar shahri yaqinida joylashgan. Jang maydonida yaralangan ukrain harbiylariga birinchi yordam front yaqinida joylashtirilgan barqarorlashtirish punktlarida ko‘rsatiladi. Bunday punktlardagi tibbiyot xodimlarining vazifasi — kelgusi davolanish uchun hospitalga yuborishdan oldin yaradorlarning holatini barqarorlashtirish hisoblanadi. «Agar zarurat bo‘lsa, evakuatsiya bosqichida joni uzilmasligi uchun yaradorning holatini bir-ikki soat davomida barqarorlashtiramiz. Uch soat barqarorlashtirishga to‘g‘ri kelgan pallalar ham bo‘lgan. Keyin esa jo‘natamiz», — degan FREEDOM telekanaliga bergan intervyusida Ukraina qurolli kuchlari 17-alohida tank brigadasi vrach-anesteziologi, Donetsk oblastidagi barqarorlashtirish punktlaridan birida ishlovchi Sergey.

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Lvivda ukrainalik serjantlarning dafn marosimi

Lvivdagi Avliyo havoriylar Pyotr va Pavel ibodatxonasi (Iyezuitlar cherkovi sifatida ham tanilgan) 2011 yilda mustaqil Ukraina tarixidagi ilk garnizon ibodatxonasiga aylangandi. RF qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlangach, ibodatxona harbiy kapellanlarini frontga yubora boshladi, ular harbiy xizmatchilarga ruhiy madad berish, shuningdek moddiy yordam ko‘rsatish, masalan, kaska va zirhli nimchalar, isinish vositalari hamda generatorlar, dronlar va avtomobillar tarqatish bilan shug‘ullanib kelmoqda, deb hikoya qilgan garnizon ibodatxonasi kapellani Roman Mentux ota. Bundan tashqari, ibodatxona harbiylarga reabilitatsiya va protezlashda yordam ko‘rsatadi, shuningdek Ukraina qurolli kuchlari harbiylarining oilalariga g‘amxo‘rlik qiladi. Ibodatxonada frontda halok bo‘lgan ukrain himoyachilarining dafn marosimlari ham o‘tkaziladi. 16 aprel kuni garnizon ibodatxonasida halok bo‘lgan serjantlar Mixaylo Tomkevich va Oleksandr Krilyu bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga oid