Telegram akkauntlarini o‘g‘irlashning yangi usuli aniqlandi
Firibgarlar «texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimi» niqobi ostida foydalanuvchi akkauntini o‘g‘irlash uchun yangi usulni o‘ylab topishdi.
Firibgarlar Telegram foydalanuvchilarining akkauntlarini yangicha usulda o‘g‘irlayotgani aniqlandi. Bu haqda RBK yozdi.
Qayd qilinishicha, «texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimi» niqobi ostidagi firibgarlar foydalanuvchi bilan bog‘lanib, akkauntni o‘chirish so‘rovi yuborilgani va uni bekor qilish uchun maxsus shaklni to‘ldirish kerakligini ma’lum qiladi.
Foydalanuvchi havola orqali Telegram dizaynini takrorlaydigan fishing saytga kiradi. U yerda undan telefon raqami va xavfsizlik kodini kiritish so‘raladi. Shundan so‘ng, firibgarlar jabrlanuvchining akkauntiga ega bo‘lishadi.
Ta’kidlanishicha, fishing sayti foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma’lumotlarni darhol tekshiradi. Agar ular noto‘g‘ri bo‘lsa, xatolik haqidagi xabar paydo bo‘ladi.
Mutaxassislarning eslatishicha, hech kim Telegram akkauntini o‘chirishni talab qila olmaydi. Bu haqdagi barcha xabarlar, jo‘natuvchidan qat’i nazar, soxta ekani ta’kidlanmoqda. Faqat foydalanuvchining o‘zi xizmat sozlamalarida profilni o‘chirib qo‘yishi mumkin.
Mavzuga oid
19:44 / 19.11.2024
Yo‘l qurilishi bo‘yicha buyurtma olib berish evaziga 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
20:20 / 13.11.2024
Toshkentda EKU markazi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:53 / 10.11.2024
Yangi tadqiqot ijtimoiy tarmoqlarning zarari haqidagi stereotipni rad etdi
07:46 / 07.11.2024