Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi
Jinoiy guruh undan katta miqdorda pul talab qilgan. Keyinchalik ular qo‘lga olingan.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi. Jinoyatchilar unga qurol o‘qtalib, deyarli million rubl talab qilishgan. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Qayd qilinishicha, jabrlanuvchi politsiyaga murojaat qilib, «Nord» savdo markazining avtoturargohida to‘rt kishi unga yaqinlashib, taksiga xos stikerlar yopishtirilgan mashinaga sudrab olib borib, o‘g‘irlab ketishganini aytgan.
Ular qurol o‘qtalib, undan 800 ming rubl talab qilishgan. Yigit qo‘rqib ketgan va uyali telefonini, 20 ming rubl naqd pulni bergan, shuningdek, 40 ming rublni jinoyatchilar kartasiga o‘tkazgan.
Shundan so‘ng jinoiy guruh jabrlanuvchini Leningrad viloyati, Novoselyye qishlog‘i yaqinida tashlab ketishgan.
Politsiya Rossiya Jinoyat kodeksining 162-moddasi («Bosqinchilik») bilan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ikki gumondor allaqachon qo‘lga olinib, politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Ular 21 yoshli yigitlar bo‘lib, birisi Qirg‘izistondan kelgani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024