Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Samarqand - Toshkent - Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
3, 4, 5 may kunlari Samarqanddan Toshkentgacha “Afrosiyob” poyezdlarining 2 tomonlama harakati yo‘lga qo‘yiladi. «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ reyslar vaqtini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, 775/776-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati quyidagi jadval asosida tashkil etiladi:
775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi Samarqanddan 11:11da chiqib ketib, Toshkentga 13:26 da yetib keladi. 776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi esa Toshkentdan 13:51 da ketib, Samarqandga 16:05da kirib boradi.
Ta’kidlanishicha, qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Chiptalarni nafaqat temiryo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda eticket.railway.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
23:09 / 23.05.2025