Qozog‘istonlik diplomatning xotini muntazam zo‘ravonlikka uchrayotgani haqida xabar berdi
Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi uni zudlik bilan chaqirib olinishini ma’lum qildi.
Qozog‘istonlik diplomatning rafiqasi eri tomonidan muntazam zo‘ravonlikka uchrayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Qozog‘istonning #NeMolchi.kz fondi sahifasida yozildi, deb xabar berdi Tengrinews.
Matnda ta’kidlanganidek, Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixona maslahatchisi Saken Mamash o‘z xotinini muntazam kaltaklab kelgan va 5 may kuni xotinining singlisiga nisbatan ham kuch ishlatgan.
«Men Mamash Karina Gosmanovna, BAAdagi elchixona maslahatchisi Mamash Sakenning rafiqasiman. Men 10 yildan beri zo‘ravonlikka duchor bo‘layotganimni ma’lum qilaman. Erimning diplomat maqomidan mahrum etilishini va menga nisbatan qilgan barcha harakatlari uchun qamoqqa tashlanishini istayman. Men jismoniy, jinsiy, hissiy, iqtisodiy, maishiy, oilaviy zo‘ravonlikka uchraganman», deyiladi ayol bayonotda.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi BAAdagi elchixona maslahatchisi Saken Mamash zudlik bilan chaqirib olinishini ma’lum qildi.
«Biz bu xodimni zudlik bilan Qozog‘istonga chaqirib olyapmiz. Keyinchalik uning ishi huquq-tartibot idoralari tomonidan ko‘rib chiqiladi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:04 / 10.11.2024
Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
17:12 / 09.11.2024
Qozog‘istonda qattiq qo‘nishni amalga oshirgan harbiy vertolyot yonib ketdi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
20:38 / 06.11.2024