Surxon qo‘riqxonasida tuz bilan oziqlanayotgan morxo‘r takasi fotoqopqon kamerasiga muhrlandi
Hozirgi kunga kelib Surxon davlat qo‘riqxonasidagi morxo‘rlarning soni oxirgi sanoq natijalariga ko‘ra 673 boshni tashkil qilmoqda.
Fotoqopqonlar kamerasiga tuz bilan oziqlanayotgan morxo‘r takasi muhrlandi, deb xabar bermoqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi.
Tasvirlarda Ekologiya vazirligi tasarrufidagi Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘tkazilgan biotexnik tadbirlar davomida qo‘yilgan tuz bo‘laklarini morxo‘rlar galasi yalayotgan jarayoni qayd etilgan.
Morxo‘r O‘zbekiston Qizil kitobiga hamda Xalqaro TMXI Qizil ro‘yxatiga kiritilgan, yo‘qolib ketish yoqasida turgan, lokal kenja turdir. Uning boshqa hayvonlardan yaqqol farqli ko‘rinishi bu ularning yoshi katta takalaridagi buralgan katta va uzun (90-100 sm) shoxlaridir.
Hozirgi kunga kelib Surxon davlat qo‘riqxonasidagi morxo‘rlarning soni oxirgi sanoq natijalariga ko‘ra 673 boshni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
11:55 / 26.04.2024
Surxon qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga tulki bolalari muhrlandi
13:12 / 11.03.2024
Surxon qo‘riqxonasida fotoqopqonga Buxoro tog‘ qo‘ylarining noyob tasvirlari muhrlandi
14:36 / 25.04.2023
Rossiyalik ovchi Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan jonivorni ovladi
17:59 / 10.11.2022