Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ayrim ko‘chalari ta’mirlash uchun yopiladi
20-21 may kunlari ba’zi ko‘chalarda rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari bajariladi.
Toshkent shahrida rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli ayrim ko‘chalarda harakatlanish vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Jumladan:
— Qorasaroy ko‘chasi Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha, hamda;
— Kichik halqa avtomobil yo‘li Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Qorasaroy ko‘chasi bilan kesishmasigacha 20 may kuni soat 22:00 dan 21 may 6:00 ga qadar, hamda, 21 may kuni soat 22:00 dan 22 may 6:00 ga qadar avtotransport harakati uchun yopiladi.
Haydovchilarga ushbu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025