Iqtisodiyot | 13:08 / 22.05.2024
3498
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston II chorakda 8 mlrd dollar xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishni rejalashtiryapti
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonning 2024 yil II choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Tarmoqlar va hududlar tomonidan xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga muvofiq 2024 yil II choragida 8,12 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar, shu jumladan 7,27 mlrd AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar va kreditlar, 853,8 mln AQSh dollari miqdorida – davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar o‘zlashtiriladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2024 yil II choragida tarmoqlar va hududlar kesimida xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishning maqsadli ko‘rsatkichlari;
- 2024 yil II choragida investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha yig‘ma manzilli dastur;
- 2024 yil II choragida ishga tushiriladigan yirik ishlab chiqarish obektlari va quvvatlarining manzilli ro‘yxati;
- O‘zbekiston nomidan yoki davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;
- To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati.
Mavzuga oid
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
22:46 / 26.10.2024
Dunyodagi eng nufuzli biznes-indeks tiklandi
21:10 / 22.10.2024