Jahon | 11:54 / 24.05.2024
20838
2 daqiqa o‘qiladi

Moskva viloyatida yuz bergan yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Istrada yonib ketgan uyda 20 ga yaqin xorijlik fuqarolar yashagan, ulardan 11 nafari - o‘zbekistonlik. Yong‘in oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, hozirda ularning shaxsi aniqlanmoqda. Halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor.

Foto: Dunyo

Joriy yil 23 mayga o‘tar kechasi Moskva viloyati, Istra shahri, Padikovo qishlog‘i manzilidagi hostelda yong‘in yuz berib, unda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Konsullik bo‘limi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, yonib ketgan uyda 20 ga yaqin xorijlik fuqarolar yashagan, ulardan 11 nafari - O‘zbekiston fuqarolari.

Yong‘in oqibatida 8 nafar fuqaro halok bo‘lgan, hozirda ularning shaxsi aniqlanmoqda. Halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor. Hozirda qurbonlarning jasadi ular shaxsini aniqlash uchun Istra shahar sud-tibbiyot ekspertizasi byurosida saqlanmoqda. 

Mazkur fakt asosida tergov organi tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Vaziyat elchixonaning konsullik bo‘limi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi nazoratida ekani aytiladi. 

Mavzuga oid