Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovi kengaytiriladi
Oromgohlarning bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda hamkorlarga ijaraga berish orqali ular o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi.
“Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Tadbirkorlik sub’yektlari va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni jalb etgan holda belgilangan statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida quyidagi mexanizmlar orqali o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:
- oromgohlar hududining bir qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarining bir qismini 15 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
- oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
- oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash, shuningdek, yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish.
Bunda, mazkur nazarda tutilgan hamkorlik loyihalari O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga E-auksion elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi.
Shuningdek, belgilangan oromgohlarning bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda hamkorlarga ijaraga berish orqali ular o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
13:21 / 28.05.2025
Yozgi oromgohlar uchun yo‘llanmani onlayn olish imkoni yaratildi
08:50 / 22.05.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
12:31 / 30.04.2025
Bola huquqlari kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi
17:55 / 09.04.2025