Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
Toshkentning Bektemir va Olmazor tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi.
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 4 iyun kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Hududlar:
- Bektemir tumani: «Husayn Boyqaro», «Ustozlar», «Abay» hamda «Bektemir» MFY ayrim hududlarida soat 08:00 dan 17:00 gacha;
- Olmazor tumani: «Oltinsoy», «Islom ota», «Qichqiriq», «Istiqbol», «G‘alaba», «Tabassum», «Bo‘stonobod», «Shodiyona», «Yangi Toshkent», «Moyariq», «Ahil» hamda «Elparvar» MFY ayrim hududlarida soat 08:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirib o‘tilgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
11:16 / 24.05.2025