Xerson va Luhansk oblastlarining okkupatsiya qilingan qismi o‘qqa tutilishidan o‘nlab kishilar halok bo‘ldi. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 836-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Shimoliy Osetiyaga ilk bor dronlar hujum qildi. Mahalliy rasmiylar dronlarning nishoni harbiy aerodrom bo‘lganini aytishgan. Jabrlanganlar yo‘q. «Ukrainskaya pravda» bu Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi amaliyoti bo‘lganini xabar qilgan.
- RF mudofaa vazirligi olti region va Qrimda jami 25 dron yo‘q qilingani haqida ma’lumot berdi. Belgorod oblastida ibodatxona shikastlangan. Jarohatlanganlar haqida xabar berilmagan.
- Bloomberg: NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ukrainaga 100 milliard dollarlik yordam ajratishni ko‘zda tutuvchi besh yillik fon tuzishdan bosh tortgan.
- Parijda Moldovaning uch fuqarosi qo‘lga olindi. Ular «Ukrainadagi fransuz askarlari» yozuvli graffitini chizishda gumonlanmoqda.
- Ukraina harbiy razvedkasi Kupyanskning sobiq meri Gennadiy Matsegorga suiqasd uyushtirilgani haqida xabar berdi. U o‘ta og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Kun kadri. Ukrainalik askar Kramatorskdagi vokzalda o‘g‘li bilan
Luhansk o‘qqa tutilishi oqibatlari
Ukraina qurolli kuchlari 7 iyun kuni Luhansk bo‘ylab zarbalar yo‘llagan. Natijada ko‘p qavatli turar joy binosi pod’yezdi qulagan. O‘zini o‘zi e’lon qilgan respublika rasmiylarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida olti kishi halok bo‘lib, 60 kishi jarohatlangan. Yaralanganlar orasida — 8 va 16 yoshlardagi ikki bola ham bor.
Xerson oblastining okkupatsiya qilingan qismi o‘qqa tutilishi oqibatlari
Xerson oblastining okkupatsiya ostidagi qismiga Rossiya hukumati tomonidan gubernator etib tayinlangan Vladimir Saldoning ma’lum qilishicha, ukrain qo‘shini Golopristansk munitsipal okrugining Sadove qishlog‘ini o‘qqa tutgan. Saldo hujum oqibatida «ichida ko‘p miqdorda mijozlar va xodimlar bo‘lgan» do‘kon vayron bo‘lganini aytgan: 22 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi jarohatlangan, besh kishi og‘ir ahvolda. Saldoning so‘zlariga ko‘ra, bu joyga ikki bor zarba berilgan — «xususiy sektor atrofidagi kichik do‘kon»ga birinchi zarba kelgan. «Qo‘shnilar yordamga oshiqqanida, ikkinchi zarba uchib kelgan», — degan «gubernator». U qurbonlar orasida — to‘qqiz yoshli bola ham borligini qo‘shimcha qilgan.
Xarkiv oblastidagi ukrain artilleriyachilari
Luhansk oblastidagi rossiyalik sapyorlar
Xarkiv yaqinida FPV-dronlarni uchirayotgan ukrain askarlari
Mikolayiv yaqinida minalardan tozalanayotgan maydonlar
Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan keyin Ukraina dunyoning eng tig‘iz minalangan hududiga aylandi: mamlakatning qariyb uchdan bir qismiga portlovchi moddalar o‘rnatilgan yoki minalar ko‘milgan. Bu hududlarni butunlay tozalash uchun o‘nlab yillar ketishi mumkin; okkupatsiyadan ozod etilgan hududlarda bu ishlar allaqachon boshlangan. Mikolayiv oblastidagi dalalarni Britaniya-Amerikaning HALO Trust notijorat tashkiloti xodimlari minalardan tozalash bilan shug‘ullanmoqda.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
17:00 / 09.11.2024
The Telegraph: Tramp rejasi Britaniya qo‘shinlarini Ukraina chegarasiga joylashtirishni nazarda tutadi
11:08 / 09.11.2024