O‘zbekiston hududlarida kuchli ta’sir qiluvchi dorilar muomalaga kiritilishi oldi olindi
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, V.D3 MChJga qarashli dorixona shoxobchasi mudiri N.X. hech qanday hujjatsiz 20 dona GABANERV nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.Q.ga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan jami 677 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, departament hamda DXXning Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.X. fuqaro D.B.ga 5 quti Fatzorb nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan 23 quti dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departament hamda DXXning Uchquduq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro U.D. “Navoiy” MFY hududidagi savdo do‘konida fuqaro M.X.ga 3 quti “Reduksin laym” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 4,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 409 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
18:34 / 11.10.2024
Prokuratura tizimida sun’iy intellekt joriy qilinadi
12:30 / 10.10.2024
Dorilarning postmarketing nazorati o‘tkaziladi
20:03 / 09.10.2024