Jazirama sababli poyezdlar tezligiga cheklov kiritildi
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabariga ko‘ra, jaziramada relslar qizib ketadi, shu sababli harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar tezligiga cheklov o‘rnatilmoqda. Natijada poyezdlar grafikdan kechikishi, ulardagi konditsionerlar ish quvvati pasayishi mumkin.
O‘zbekistonda hukm surayotgan yoz jaziramasi sharoitida poyezdlarning harakatlanish tezligi cheklanmoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’lum qildi.
“Harorat ko‘tarilishi natijasida yer usti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘ladi. Shu bois, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi. Natijada poyezdlar harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi mumkin.
Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlarda esa sovutish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin”, – deyiladi xabarda.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” ob-havo sharoiti tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
11:55 / 15.11.2024
16 noyabr kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin
11:46 / 14.11.2024
15 noyabr kuni ayrim hududlarda harorat 17 darajagacha ko‘tariladi
20:33 / 13.11.2024
«O‘zbekiston temiryo‘llari» 1 dekabrdan yuk tashish tariflarining vagon qismini 30 foizga oshiradi
20:00 / 13.11.2024