Jahon | 18:03 / 30.06.2024
14573
9 daqiqa o‘qiladi

Dnipro va Volnyanskka raketa zarbalari berildi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 857-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Belarus hukumati Ukraina bilan chegarada «keskinlik o‘sgani» haqida xabar berdi. Ukraina mamlakat qurolli kuchlari Belarus uchun tahdid solmayotgani, aksincha, tahdid Minsk tomondan bo‘layotganini ma’lum qilgan.
  • Kursk oblastida ukrainlar droni turar joyga hujum qilgan, deb xabar qildi gubernator vazifasini bajaruvchi. Besh kishi halok bo‘lgan.
  • Yevroittifoq Rossiyaga qarshi kiritilgan qator cheklovlarni Belarusga ham tatbiq etdi — sanksiyalarni aylanib o‘tishga xalal berish uchun.
  • Asirlar almashuvi doirasida qrim-tatar xalqi majlisi raisi o‘rinbosari Narimon Jalol Ukrainaga qaytdi, u anneksiya qilingan Qrimda 17 yoshli muddatni o‘tayotgandi.
  • Rossiya mudofaa vazirligi Donetsk oblastida Toretsk shahri yaqinidagi Shumi posyolkasi egallangani haqida xabar berdi.
  • Xalqaro valuta fondi Ukrainaga 2,2 milliard dollar ajratdi.

Dnipro o‘qqa tutilishi

Rossiya qo‘shini 28 iyun kuni kechqurun Dnipro bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi, deb xabar qilgan 28 iyun kuni kechqurun Dnipropetrovsk oblasti rahbari Sergey Lisak. O‘qqa tutish natijasida to‘qqiz qavatli uy shikastlangan — uning bir necha qavatidagi uylar vayron bo‘lgan. Ukraina hukumati xabar qilishicha, 29 iyun kuni holatiga ko‘ra bir kishi halok bo‘lib, 12 kishi jarohatlangan (ulardan bir nafari yosh bola), besh kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda. Xarobalar ostidan ikki kishi chiqarib olingan.

Ko‘p qavatli uydagi kvartiralardan biri to‘liq vayron bo‘lgan — unda yashovchilar bu vaqtda boshqa joyda bo‘lgani uchun omon qolishgan. Oleksandr va Olga kiyim sotib olish uchun savdo markaziga borishgan va signalizatsiya ishlab ketgani uchun uyga qaytishgan. «Xotinim savdo markazida sotib olgan kiyimlar… Bori shu, boshqa hech narsa yo‘q», — degan jurnalistlarga Oleksandr va tunni Olganing qarindoshlarinikida o‘tkazishga to‘g‘ri kelishini aytgan.

Dniproliklar Rossiya zarbasidan shikastlangan to‘qqiz qavatli binoga qarab turibdi
Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA
Qutqaruv ishlari
Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA
Raketa zarbasi kelgan joyda ishlayotgan qutqaruvchilar
Arsen Dzodzaiev / EPA / Scanpix / LETA

Zaporijjya oblasti bo‘ylab raketa zarbasi

29 iyun kuni Rossiya armiyasi Ukrainaning Zaporijjya oblasti Volnyansk shahriga hujum qildi. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorov shahar o‘qqa tutilishi oqibatida yetti kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan, qurbonlardan uch nafari bolalar. Ukraina ichki ishlar vazirligi 30 iyun kuni 38 kishi yaralangani haqida xabar qilgan. Jarohatlanganlardan 12 nafari shifoxonaga yotqizilgan. «Tibbiyot xodimlari olti nafar [jabrlanuvchining] holatini og‘ir deb baholashmoqda. Yotqizilganlarda oskolka jarohatlari, kontuziya, sinish, travmatik amputatsiya qayd etilgan, — deya yozgan Fedorov o‘z telegram-kanalida. — Yaralanganlar orasida homilador ayol va to‘qqiz bola bor». 30 iyun kuni Zaporijjya oblastida motam kuni e’lon qilindi.

Volnyanskda raketa tushishidan hosil bo‘lgan o‘ra
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
Raketa tushgan joydagi ukrainalik qutqaruvchilardan biri
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
O‘qqa tutilgan joy yaqinida ustiga adyol tashlab qo‘yilgan jasad
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
Hudud Rossiya tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida shikastlangan oziq-ovqat do‘koni
Reuters / Scanpix / LETA
Raketa zarbasi qurbonlaridan biri. Uning yonida yonib ketgan mototsikl
Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining Vovchansk atrofidagi FPV-dronlari pilotlari 

Xarkiv oblasti Vovchansk shahri atrofidagi dronlar. O‘rmondagi oldingi pozitsiya 42-artilleriya brigadasi jangchilari tomonidan egallangan. Bo‘linma dronlar orqali portlovchi qurilmalar tashlash orqali rossiyaliklarning Xarkiv tomon yurishini to‘xtatishda yordam ko‘rsatmoqda
Pablo Miranzo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
42-artilleriya brigadasining FPV dronlari otryadi askarlari hujum uchun nishon kutmoqda
Pablo Miranzo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan FPV-dronlar to‘lqinini kuchaytirish uchun foydalaniladigan DJI Enterprise droni
Pablo Miranzo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
42-artilleriya brigadasining 30 yoshli askari Oleg portlovchi qurilma o‘rnatilgan dronni havoga ko‘tarmoqda
Pablo Miranzo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi

Ukrainaga anneksiya qilingan Qrim, o‘zini o‘zi e’lon qilgan «DXR» hamda Belarusda qamalgan o‘nlab fuqarolar qaytishdi. Prezident Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlar Vatikan vositachiligida asirlikdan ozod etilgan. Vatanga qaytganlar orasida qrim-tatar xalqi majlisi raisi o‘rinbosari Narimon Jalol ham bor. 2022 yil sentabrida anneksiya qilingan Qrim sudi uni gaz quvuriga diversiya uyushtirishda ayblab, 17 yil muddatga qamagandi. 

Ukraina grek-katolik cherkovi ruhoniylari Bogdan Galeta va Ivana Levitskiyni ham qaytargan. Ular bosqinning ilk davrida rossiyaliklar tomonidan okkupatsiya qilingan hududlarda qolishgan, 2022 yil noyabrida ularni Berdyanskda qo‘lga olishgan va noqonuniy qurol saqlashda ayblashgandi.

Narimon Jalol (markazda) Kiyev aeroporti
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Ruhoniy Bogdan Galeta Kiyev aeroportida do‘sti bilan gaplashmoqda. Galeta 2022 yil okkupatsiya qilingan Berdyanskdagi ibodatxonada qo‘lga olingandi
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Rossiya asirligidan qaytgan Ukraina fuqarolari
Ukraina mudofaa vazirligi matbuot xizmati / AFP / Scanpix / LETA
Horlivk badiiy san’at muzeyi katta ilmiy xodimi Yelena Pex qizi bilan videoaloqa orqali gaplashmoqda
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA

Donetsk atrofidagi ukrain harbiylari

RF qurolli kuchlari Donetsk oblastida Avdiyivka tomondan (bu shahar Donetskdan 15 kilometr g‘arbda joylashgan) yurish qilishda davom etmoqda. 20 iyun kuni Rossiya qo‘shini Baxmut yaqinidagi Chasiv Yar shahridagi garnizonni hamda undan janubdagi Toretsk shahri ta’minoti olib boriladigan trassadan yetti kilometr masofada edi. Katta ehtimol bilan, ROssiya qo‘mondonligining asosiy maqsadi ushbu hududni qurshovga olish hisoblanadi.

Bundan tashqari, RF qurolli kuchlari Avdiyivkadan g‘arbdagi yana bir necha qishloqni egallagan: Sokol, Yasnobrodovka, Novopokrovske va Novoaleksandrovka. Avdiyivkadan janubroqda Rossiyaning Kuraxovo shahri tomon yurishi davom etmoqda — bu Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblasti janubidagi fronti uchun logistik markazi hisoblanadi.

Pablo Miranzo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblasti Pokrovsk rayoni. Ukrainalik harbiy xizmatchi boshpanada dam olmoqda
Pablo Miranzo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik harbiy tushlik tayyorlamoqda. Ularning boshpanasi front liniyasi yaqinida joylashgan
Pablo Miranzo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik askar «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimi yonida
Pablo Miranzo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Donetsk shahri Kirov rayonidagi Biryuzova ko‘chasida 91-sonli o‘rta maktabning ukrainlar zarbasidan keyingi ko‘rinishi
Dmitriy Yagodkin / TASS / Profimedia
Maktab binosida zarba oqibatlarini bartara etayotgan ayollar
Dmitriy Yagodkin / TASS / Profimedia

 

 

 

 

Mavzuga oid