Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolari Shvetsiyaga ishga jalb etiladi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shvetsiya Qirolligining yirik ish beruvchi kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama rejalarni ifodalovchi hamkorlik kelishuvi imzolandi.
O‘zbekiston fuqarolari Shvetsiyaga ishga jalb etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shvetsiya Qirolligining yirik ish beruvchi kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etilgan.
Uchrashuvda dastlab ish beruvchi kompaniya faoliyati, mazkur davlatda ishlab chiqarish, energetika va servis sohalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha mavjud tizim, agentlik faoliyati, migratsiya geografiyasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot almashilgan.
Tadbir yakunida kelgusidagi ikki tomonlama rejalarni ifodalovchi hamkorlik kelishuvi imzolangan.
Oldinroq o‘zbekistonlik muhandislar Yaponiyada ishga joylashtirilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
17:55 / 23.05.2025