O‘zbekiston | 13:08 / 08.07.2024
11014
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati SSB boshlig‘i o‘zgardi

So‘nggi vaqtlarda boshqarmaga rahbarlik qilib kelgan Azizbek Mirzajonov lavozimini tark etgan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Shohruxmirzo Olimjonovich Mamajonov Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shohruxmirzo Mamajonov 2006 yil Andijon davlat tibbiyot institutining bakalavr, 2009 yil magistratura bosqichini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Andijon viloyati qon quyish stansiyasida uslubchi-vrach sifatida boshlagan.

Turli yillarda Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi xususiylashtirish va pulli xizmatni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining tibbiy xizmatni tashkillashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi kabi lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Sh. Mamajonov Sog‘liqni saqlash vazirligi Fan-ta’lim va innovatsiyalar boshqarmasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Andijon viloyati SSB boshlig‘i lavozimida shu vaqtgacha Azizbek Mirzajonov ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid