O‘zbekiston | 14:02 / 26.07.2024
12254
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida BMW yo‘l chetida to‘xtab turgan Tracker’ga borib urildi

Yuqori Chirchiqdagi YTH natijasida faqat transport vositalari zararlangan, hech kimga shikast yetmagan. To‘xtab turgan avtoulovda haydovchi va yo‘lovchilar bo‘lmagan.

Foto: Videodan kadr

Joriy yilning 20 iyul kuni soat taxminan 14:00 larda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi 4R12 “Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘li 8-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Viloyat IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan U.B. boshqaruvidagi BMW rusumli transport vositasini Bektemir-G‘azalkent yo‘nalishida boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishda yo‘l o‘ng chetida to‘xtab turgan Tracker rusumli transport vositasini urishi natijasida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida hech qaysi harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. To‘xtab turgan avtoulovda haydovchi va yo‘lovchilar bo‘lmagan. Transport vositalari texnik shikastlangan.

Holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid