Sport | 10:08 / 28.07.2024
18422
1 daqiqa o‘qiladi

Shohjahon Ergashev yana yutqazdi

U jang davomida ikki bor nokdaun holatiga ham tushib qoldi.

Professional boksning yengil vazn toifasi vakili Shohjahon Ergashev (24-2, 21 KO) navbatdagi jangini AQShning Detroyt shahrida Julian Smitga (9-2, 5 KO) qarshi o‘tkazdi.

Superengil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq da’vogar bo‘lgan Ergashev ikki marta, 2- va 5-raundlarda nokdaun holatiga tushdi, lekin jangni oxiriga qadar davom ettira oldi.

10 raundlik jang yakunida Smit hakamlar qarori bilan 95-94, 95-94, 94-95 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu Shohjahon uchun prof boksdagi 2-mag‘lubiyat bo‘ldi. U 2023 yil noyabrida IBF yo‘nalishi chempioni puerto-rikolik Subriyel Matias (20-1-0) bilan kamar uchun ringga ko‘tarilgan, ammo 5-raunddan keyin ringga qaytishni istamagandi.

Mavzuga oid