O‘zbekiston | 17:00 / 31.07.2024
7127
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Tecno brendi o‘zbekistonliklar uchun maxsus smartfonlar ishlab chiqardi

Foto: Tecno

Rossiyada smartfonlar sotuvi bo‘yicha yetakchi brend bo‘lgan Tecno kompaniyasi o‘zbekistonlik iste’molchilar uchun ikkita yangi smartfonlar seriyasini taqdim etdi. Bulardan birinchisi geymerlar uchun maxsus ishlab chiqarilgan Tecno Pova 6 bo‘lsa, ikkinchisi dizayn va kameraga e’tibor qaratadigan smartfon ishqibozlari uchun mo‘ljallangan Camon 30 hisoblanadi. Mazkur smartfonlar dastlab Rossiyada sotuvga chiqarilgan edi. U yerda aholi tomonidan iliq kutib olinganidan so‘ng, O‘zbekistonda ham Tecno smartfonlari rasmiy sotuvi boshlandi.

2021 yilda o‘zining birinchi 5G smartfonini taqdim etgan Tecno kompaniyasi shu yili O‘zbekiston bozoriga kirib kela boshladi. Tecno dunyoning 60dan ortiq mamlakatlarida rasmiy faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa-da, O‘zbekiston aholisiga alohida e’tibor qaratadi. Buni yangi taqdim etilgan smartfonlarning hamyonbop narxida ham ko‘rish mumkin.

Tecno Camon 30

Kompaniya 2024 yilda mobil fotografiya sohasida yanada yuqoriroq ko‘rsatkichlarni zabt etish uchun Tecno Camon 30 smartfonini taqdim etdi. Ushbu smartfon nafaqat flagmanlarga xos kuchli kamerasi, balki tabiatdan ilhomlanib yaratilgan nafis dizayni bilan o‘z segmentidagi boshqa telefonlardan ajralib turadi. Masalan, optik stabilizatsiyaga ega 50MP asosiy kamera bilan kechki vaqtlarda ham yorqin suratlar tushirish mumkin. Smartfon asosiy kamerasi optik stabilizatsiyaga ega bo‘lgani sababli video yoki suratlarda yaqinlashtirganda ham sifat buzilmasdan saqlanib qoladi. Shuningdek, ushbu model “Eye Tracking” xususiyati bilan boyitilgan 50MP old kamera bilan jihozlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga hatto kam yorug‘lik sharoitida ham tiniq va yorqin tasvirlarni suratga olish imkonini beradi.

Professional kameralarga xos funksiyalardan tashqari, Tecno Camon 30 6,78 dyuymli ko‘zni himoyalovchi 120 Gs AMOLED displeyga ega bo‘lib, mazkur displey uzoq vaqt foydalanish paytida ko‘zning zo‘riqishini kamaytiradi. Smartfonda, shuningdek, foydalanuvchilarga tezda quvvatlash va ko‘proq aloqada qolish imkonini beruvchi 70W tezkor quvvatlash funksiyasi ham mavjud.

Tecno Camon 30 smartfonining tabiatdan ilhomlangan nafis dizayni estetika nuqtai nazaridan takrorlanmas smartfonga aylantiradi. Shu tufayli Tecno Camon 30 o‘zining ilg‘or xususiyatlari va innovatsion dizayn elementlarining noyob kombinatsiyasi bilan ajralib turadi.

Smartfonning to‘liq xarakteristikasi esa quyidagicha:

Displey: 120 Gs yangilash chastotasi va 1080×2436 pl aniqlikdagi 6,78 dyuymli AMOLED ekran;

Protsessor: Mediatek Helio G99 Ultimate chipseti, sakkiz yadroli protsessor va GPU Mali-G57 MC2;

Xotira: 12 GB operativ xotira va 256 GB ichki xotira bilan mavjud;

Asosiy kamera: 50 MP kenglikdagi linza va 2 MP chuqurlik sensori bilan juft sozlash imkoniyati;

Selfi kamera: “Eye Tracking” xususiyatiga ega 50MP keng obektivli old kamera;

Akkumulyator: 70W simli quvvatlash quvvatiga ega olinadigan 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator (45 daqiqada 0 dan 100% gacha);

Boshqa xususiyatlar: displeydagi optik barmoq izi sensori, akselerometr, gidro, yaqinlik sensori, kompas, dual karnaylar, Wi-F 802.11, Bluetooth 5.3, GPS, NFC, FM-radio va OTG bilan ishlaydigan USB Type-C 2.0;

Ranglar: “Iceland Basaltic Dark”, “Uyuni Salt White” va “Sahara Sand Brown”.

Tecno Pova 6

Tecno kompaniyasi faqatgina kamera ixlosmandlari uchun hamyonbop narxdagi smartfonlarga ixtisoslashib qolmagan. Buni o‘yin uchun moslangan Pova seriyasi misolida ham ko‘rish mumkin. Ayniqsa 2024 yil taqdim etilgan Tecno Pova 6 geymfoni ko‘p mablag‘ sarflamasdan ham mobil geymingdan zavqlanish mumkinligini isbotladi. Tecno Pova 6 asosiy ajralib turadigan tarafi — uzoq vaqtga yetuvchi akkumulyator hamda o‘yinlarda qotmasdan ishlash imkoniyatini taqdim etadigan texnik xususiyatlari.

Masalan, Pova 6 smartfonining 24GB (12GB tezkor xotira RAM va 12 GB virtual RAM operativ xotira) operativ xotirasi foydalanuvchilarga har qanday o‘yinlardan bahramand bo‘lishga yordam beradi. Yuqori aniqlikdagi 108MP asosiy kamera va 32MP old kamera foydalanuvchilarga suratlar yoki videolar olayotganda har bir lahzani yuqori aniqlik bilan suratga olish imkonini beradi.

6000 mA/soat sig‘imli batareya esa bitta quvvatlashda uzoq vaqtgacha mobil o‘yinlarni o‘ynash imkonini taqdim etadi. Bundan tashqari, Pova 6 geymfonining 70W tezkor quvvatlash funksiyasi smartfonni geymerlar uchun a’lo tanlovga aylantiradi. Biroq Pova 6 faqatgina kuchli texnik ko‘rsatkichlari bilan cheklanib qolmagan. Smartfonning g‘ayrioddiy va jozibali dizayni iste’molchilarga o‘zgacha hissiyotlar beradi.

Mazkur geymfonning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha:

Displey: 120 Gs yangilash chastotasi 6,78 dyuymli FHD+ AMOLED displeyga ega bo‘lib, ravon tasvirni taqdim etadi;

Protsessor: Mediatek Helio G99 Ultimate chipseti, sakkiz yadroli protsessor (2×2,2 GGs Cortex-A76 i 6×2,0 GGs Cortex-A55) va GPU Mali-G57 MC2’ni o‘z ichiga oladi;

Xotira: 12GB tezkor xotira RAM va 12 GB virtual RAM operativ xotira va 256GB ichki xotiraga ega.

Asosiy kamera: 108 MP keng burchakli linza to‘rtta svetodiodli chiroq bilan jihozlangan. U 30/60 f/s tezlikda video suratga olish imkoniyatiga ega.

Selfi-kamera: 30/60 f/s tezlikda video yozish imkoniyatiga ega, dual-LED keng burchakli obektiv 32 MP ikki xil rangdagi yoritgich bilan;

Akkumulyator: smartfonning 6000 mA/soat batareyasi 70W simli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi va atigi 20 daqiqada 50% quvvatlash va 50 daqiqada to‘liq quvvatlash imkonini beradi;

Boshqa xususiyatlar: chang va suv sachrashiga chidamli IP53 standarti, ekran ostidagi optik barmoq izi sensori, akselerometr, gidro, yaqinlik sensori, kompas, stereo karnaylar hamda Hi-Res va Hi-Res simsiz audioni qo‘llab-quvvatlash;

Ranglar: “ Interstellar Blue”, “Comet Green” va “Meteorite Grey”.

Tecno brendining mazkur smartfonlari nisbatan hamyonbop segmentga mansub bo‘lsa ham, o‘zida flagmanlarga xos xususiyatlarni mujassam etgan. Ushbu smartfonlarni ISHONCH, Idea, Goodzone, “Texno-logika”, T-store, Radius, Joybox, Diskont, Openshop, Uzum Market, Telefonchi, Zoodmall, Mobiliare, Texnocity, Munis, E-one, Fleshka savdo markazidagi ko‘plab do‘konlardan xarid qilish mumkin.

Reklama

Mavzuga oid