Rossiya kompaniyalariga o‘z xodimlariga oid ma’lumotlarni «voyenkomat»larga yuborish majburiyati yuklandi
Endi tashkilotlar rahbarlari reyestr yordamida harbiy ro‘yxatga turishdan bosh tortgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumotlarni ham jo‘nata oladi.
Rossiya Federatsiya Kengashi ish beruvchilarning harbiy xizmatga chaqiriluvchilar elektron reyestri orqali ma’lumot almashinuviga oid qonunni ma’qulladi, deb xabar beradi «TASS». «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ishchini harbiy ro‘yxatga qo‘yishga mas’ul tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdorlari harbiy hisobni yuritish uchun «voyenkomat»larga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritilgan o‘zgartirishdan boshlab besh kun ichida yuborishi kerak.
Endi bunday turdagi ma’lumotlarni almashishda ular harbiy hisobni yuritish reyestridan foydalanadi. Shuningdek, tashkilotlar rahbarlari reyestr yordamida harbiy ro‘yxatga turishdan bosh tortgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumotlarni ham jo‘nata oladi.
Aprel oxirlarida Rossiyada «Harbiy xizmatga majbur fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona reyestri» 31 oktabr kuni ishga tushishi aytilgan edi, Rossiya Mudofaa vazirligi 1 noyabrdan elektron chaqiriq qog‘ozlarini yuborishni boshlaydi.
Yagona reyestrda harbiy ro‘yxatga olinadigan fuqarolar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar, shu jumladan, chaqiruv qog‘ozi topshirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘ladi. Mudofaa vazirligidan tashqari undan IIV, Federal xavfsizlik xizmati, Federal soliq xizmati va boshqa idoralar foydalana oladi. Chaqiriq qog‘ozi reyestrda e’lon qilinganidan yetti kun o‘tib, topshirilgan hisoblanadi. Xizmatga chaqiriluvchilar chaqiriqqa oid xabarnomalar bilan shaxsiy kabinetlari yoki «Davlat xizmatlari» orqali tanishishi mumkin bo‘ladi.
Chaqiriq qog‘ozi yuborilishi bilan harbiy xizmatga majbur fuqaroning mamlakatdan chiqishiga avtomatik ravishda taqiq qo‘yiladi. Chaqiriluvchi 20 kun ichida «voyenkomat»ga kelmasa, unga xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni tuzish va o‘zini o‘zi band qilish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
15:10 / 09.11.2024
Rossiyada kartoshka va sariyog‘ narxi ko‘tarilishda davom etmoqda
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
13:49 / 09.11.2024