Sport | 16:10 / 03.08.2024
5026
1 daqiqa o‘qiladi

Parij-2024, dzyudo. O‘zbekiston chorakfinalda Italiyaga mag‘lub bo‘ldi

Yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha jamoaviy bahslar davom etmoqda. 

Foto: Olympic.uz

1/4 finalda O‘zbekiston Italiya bilan to‘qnash keldi va 2:0 hisobida oldinda bora turib, yakunda 2:4ga yutqazdi.

Murodjon Yo‘ldoshev (-73 kg) va Gulnoza Matniyazova (-70 kg) raqiblarini mag‘lub etishgan bo‘lsa, Davlat Bobonov (-90 kg), Irisxon Qurbonboyeva (+70 kg), Alisher Yusupov (+90 kg) hamda Shukurjon Aminova (-57 kg) imkoniyatni boy berishdi. 

Endi O‘zbekiston dzyudo jamoasi bronza medali uchun o‘tish bosqichida Janubiy Koreyaga qarshi tatamiga chiqishadi.

Mavzuga oid