Sport | 10:09 / 03.08.2024
9939
1 daqiqa o‘qiladi

Teddi Riner - 4 karra Olimpiya chempioni bo‘lgan birinchi dzyudochi

Dzyudochi Teddi Riner 2024 yilgi Olimpiadada 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. U finalda koreyalik Kim Min Chonni mag‘lub etdi. 

Foto: AP

Natijada fransiyalik atlet to‘rt karra Olimpiya chempioni bo‘lgan birinchi dzyudochiga aylandi. 

Riner bungacha London-2012, Rio-de-Janeyro-2016 va Tokio-2020 (aralash jamoa)da ham oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek,  u Pekin-2008 va Tokio-2020 musobaqalarida individual bahslarda bronza medallariga sazovor bo‘lgan. 

Ma’lumot uchun, Parij-2024da +100 kg vaznda bronza medallarini tojikistonlik Temur Rahimov va O‘zbekiston vakili Alisher Yusupov qo‘lga kiritishdi.

Mavzuga oid