Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij-2024. Bahodir Jalolov qatorasiga ikkinchi Olimpiadada finalga chiqdi
Boksda finalga chiqqan o‘zbekistonliklar soni 4 nafarga yetdi.
Yozgi Olimpiya o‘yinlarida boks musobaqasida yarimfinal bahslari davom ettirildi.
+92 kg vaznda turnirning amaldagi chempioni, o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov germaniyalik Raman Tiafakni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘llanma oldi.
Jalolov 10 avgust kungi finalda ispaniyalik Ayub Al Gadfa bilan to‘qnash keladi.


Shu tariqa, boksda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonliklar soni 4 nafarga yetdi. Bungacha Hasanboy Do‘smatov (-51 kg), Lazizbek Mullojonov (-92 kg) va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-71 kg) final masalasini ijobiy hal qilishgandi.
8 avgust kuni Abdumalik Xalakovda (-57 kg) yarimfinal jangi bor.
Mavzuga oid
08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi
12:39 / 06.02.2025
Jalolovning Spilmondga qarshi jangi bekor bo‘ldi
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
17:11 / 29.11.2024