Jahon | 12:17 / 09.08.2024
2653
2 daqiqa o‘qiladi

Hamas Isroil vazirining G‘azodagi ocharchilikni oqlaganiga munosabat bildirdi

Avvalroq Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrich G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami oqimini to‘sib qo‘yish, hatto 2 million tinch aholining ochlikdan o‘limiga olib kelsa ham, «asosli» ekanligini aytgandi. 

Foto: Reuters

Falastinning Hamas harakati siyosiy byurosi a’zosi Izzat al-Rishk Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrichning «2 million g‘azolik ochlikdan o‘lishini ma’naviy jihatdan oqlash mumkin» degan bayonotini amalda genotsid siyosatini e’tirof etish deb atadi.

«Jinoyatchi o‘z jinoyatini yashiradi, degan gapni ko‘p eshitamiz. Biroq, biz o‘zining jirkanch jinoyati haqida ochiq gapiradigan takabbur dushmanga duch kelyapmiz», - deydi ar-Rishq. 

U BMT Xalqaro jinoiy sudini «genotsidni qo‘llab-quvvatlovchi va qo‘llab-quvvatlagan terrorchini hibsga olishga order berishga» chaqirdi.

Avvalroq provokatsion bayonotlar bilan tanilgan Smotrich Isroilning «Israel Xayom» (Israel Hayom) telekompaniyasi tomonidan uyushtirilgan konferensiyada Falastin eksklaviga insonparvarlik yordamini to‘sib qo‘yish zarurligi haqida gapirdi, deb yozadi The Times of Israel axborot sayti.

Vazirning fikricha, Isroilning shiddatli hujumlari va insonparvarlik yordamlari blokadasi tufayli bir necha oy davomida to‘yib ovqatlanmaslik va ochlikdan azob chekayotgan barcha g‘azoliklarning o‘limi «adolatlidir». 

«Hozirgi global voqelikda biz urushni nazorat qila olmaymiz. Asirga olinganlar qaytib kelguniga qadar hech kim 2 million tinch aholining ochlikdan o‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, hatto bu asosli bo‘lsa ham», — dedi Smotrich. 

2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektorida davom etayotgan hujumlari natijasida 39 583 kishi, jumladan 10 980 ayol va kamida 16 314 bola halok bo‘ldi, yana 91 398 nafari yaralandi.

Mavzuga oid