Koreya O‘zbekistondan avtomobil ta’mirlovchi ustalarni ish bilan ta’minlaydi
O‘zbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyadagi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida ish bilan ta’minlash to‘g‘risida kelishib olindi.
Amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turgan kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva boshchiligidagi delegatsiya vakillari Koreya Avtomobilsozlik sanoati uyushmasi raisi Kvak Yol Chol bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida Ye-7 vizasi asosida o‘zbekistonlik ishchilarni Koreya Respublikasida joylashgan avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida yuqori maosh to‘lovchi ishlarga jalb qilish masalasi muhokama qilindi.
Janubiy Koreya tomonining ma’lum qilishicha, Uyushma huzurida 6800 ta shoxobcha mavjud bo‘lib, ayni paytda mazkur shoxobchalarda 6000 nafardan ziyod ishchi kuchiga ehtiyoj bor.
Uchrashuvda Uyushma rahbari tomonidan mana shu ehtiyojni o‘zbekistonlik ishchilar, xususan avtomobil ta’mirlovchi ustalar hisobidan to‘ldirish taklifi o‘rtaga tashlandi.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Ra’no Turdiboyeva ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlab, Ye-7 vizasi asosida kirib kelishi rejalashtirilayotgan ishchilarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyati davomida huquqlarini himoya qilish, oylik maoshlarini vaqtida to‘lash, ishchilarning noqonuniy faoliyat yuritishining oldini olish hamda xavfsiz va tartibli mehnat migratsiyasini tashkil etishni nazorat qilish o‘zaro hamkorlikdagi muhim jihat ekanligini alohida qayd etdi.
Muloqot yakunida Koreya Avtomobilsozlik sanoati uyushmasi delegatsiyasining O‘zbekistonga safarini uyushtirish va tashrif davomida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi "Ishga marhamat" monomarkazlari faoliyatlari bilan tanishtirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
07:31 / 12.11.2024
Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi
15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi
14:37 / 30.10.2024
Toyota avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi ketma-ket sakkizinchi oy pasaydi, sotuvlar ham qisqardi
18:54 / 25.10.2024